iOS dizayn uchun ilhombaxsh 5ta eng yaxshi sayt
O‘zingizning iOS proyektingiz uchun ilhomlanishning eng yaxshi yo‘llaridan biri, boshqa mobil dizaynerlari tajriba orttirgan uslublar, dizayn yo‘nalishlariga nazar tashlashdir. Bu maqolada beshta eng yaxshi saytlar to’plami keltirilgan bo‘lib, kelgusi mobil shoh asaringizni rejalashtirayotganingizda tekshirib ko‘rishingiz uchundir.
Creattica
Creattica galereyasi mobil dizaynining ko‘plab yuqori sifatli namunalarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda ro‘yxati keltirilgan aksar boshqa saytlar singari, mobil bo‘limi asosan iPhone dizayniga qaratilgan.
Dribbble
Dribbble jamiyati mobil dizayniga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab ishlarni, asosan kuchli iOS dizayni namunalarini joylashga odatlangan jamiyat hisoblanadi. Dizayn jamiyati saytlarining tarkibiy qismini ko‘rishlikdan olinadigan muhim foyda, ular kelgusi yo‘nalishlarni tayyorlanish jarayonida taklif qilishadi. Ishonch hosil qilish uchun shu bilan bir qatorda boshqa dribble bo‘limlarini ham ochib ko‘ring, jumladan Dribbble – UI Designs va Dribbble – General App Deisngs.
TapFancy
Tapfancy galereyaga asosalangan sayt. U yaqin orada yangilangan bo‘lmasada, joylangan ilova-dasturlar hozirgi kunda chiqarilayotgan dasturlarchalik yetarlicha miqdorda ilhom bera oladi. Har bir ilova-dastur ilova-dasturlarning turli xil holatlaridan ko‘p sonli screenshotlarini o’z ichiga oladi.
iOSpirations
iOSpirations galereyaga asoslangan boshqa bir sayt. iOSpirationsda bu yerda ro‘yxati keltirilgan saytlardan farqli o‘laroq , asosan iPad va iPhone uchun ishlab chiqarilgan har xil o‘yinlar, ilova-dasturlar dizaynlari keltirilgan.
iOS ilova-dastur to‘plamlari
iOS Ilova-dastur to‘plamlari ilova dastur to‘plamlari dizayn g‘oyalari qidirish uchun eng yaxshi manba bo‘lib, bu g‘oyalar loyihada ishlatilishligi uchun isbotlangandir. Oddiygina “Google” dan “Amazing iPhone App Designs” yoki “Top iPhone App Designs” so‘zlarini yozib, qidirganimizda juda ko‘plab ma’lumotlar chiqadi. Namunalar asosan Appstorm iPhone blogdan chiqadi. Bu yerda esa, qidiruv natijasida AppStorm va YouTheDesignerdan topilgan ikki to‘plam keltirilgan
BONUS – iTunes App Store
Bunisi odatiy, lekin ko‘pgina odamlar shunday keng manba borligini, yani barcha ilova-dasturlar App Store da allaqachon chop qilinganini unutib qo‘yishadi. Yuqorida ro‘yxati keltirilgan barcha ilova-dasturlar App Store da chop qilingan. Bu manba ro‘yxatini keltirilmaganligining birdan-bir sababi, o‘zlari ko‘rib chiqishni xohlagan ilova-dasturlarni aniq keltira olinmasligi bo‘lib, minglab ilova dasturlar orasidan, sizga yoqadiganini tanlay olish juda qiyinligi uchundir.
Yakuniy Xulosa
Agar siz avvaldan tanish bo‘lmasangiz boshqa dizaynlarni ochib ko’rishdan avval Applening iPhone Human Interface Guidelines bilan tanishishning ayni payti. Bu yo’riqnomalar loyihalarni rejalashtirish jarayonida juda muhim.
Manba: mobile.tutsplus.com

27/03/2012 
















iplanet.uz ham zo’r
Juda yaxshi say bo`pti.To`xtamanglar.